Alfraganus universitetining professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan “Alfraganus 50+” futbol jamoasi faxriylar o‘rtasida futbol bo‘yicha Toshkent shahar chempionati doirasidagi birinchi davraning so‘nggi uchrashuvida “Obod” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda jamoamiz 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, guruhdagi birinchi davrani 2-o‘rin bilan yakunladi.
Tabriklaymiz!

