Bugun Alfraganus universitetida 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan talaba-yoshlar uchun tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etib, yangi o‘quv yilining boshlanishi, ta’lim jarayonining ustuvor yo‘nalishlari va talabalarni yangi marralar sari ilhomlantirishga qaratilgan fikrlar bildirildi.
Ayniqsa, universitetga ilk bor qadam qo‘ygan 1-kurs talabalari uchun ushbu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Yangi o‘quv yili yangi maqsadlar, ulkan rejalar va katta imkoniyatlarning boshlanishi sifatida e’tirof etildi.
Alfraganus universiteti jamoasi barcha talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etib, ularga ta’lim olish, izlanish va kelajak sari dadil qadam tashlash yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

