New York shahrida Alfraganus University hamda Xalqaro Turon federatsiyasi (International Turon Federation — ITF) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjat Alfraganus University rektori Azizbek Ismailov va Xalqaro Turon federatsiyasi prezidenti Farrux Niyazimbetov tomonidan imzolandi.
Mazkur hamkorlik universitetning Jismoniy tarbiya va sport fakulteti faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ta’lim, ilmiy tadqiqot va professional sportni o‘zaro uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
![]() |
Kelishuv doirasida:
— 2027/2028-o‘quv yilidan Turon sporti bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish;
— professional murabbiylar, hakamlar va malakali sport mutaxassislarini tayyorlash;
— o‘quv dasturlari va baholash mezonlarini ITF bilan hamkorlikda ishlab chiqish;
— professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun bepul xalqaro o‘quv hamda sertifikatlash dasturlarini tashkil etish;
— Turon sporti tarixi, metodikasi, biomekanikasi va pedagogikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
— universitet qoshida Turon murabbiylari va hakamlarini tayyorlash hamda sertifikatlash markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Alfraganus University vakillari ITF xalqaro musobaqalarida hakam, kuzatuvchi va texnik delegatsiya a’zosi sifatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
![]() |
Ushbu kelishuv Alfraganus University Jismoniy tarbiya va sport fakulteti uchun yangi xalqaro bosqich, talabalar uchun esa professional sport ta’limi va xalqaro maydonga chiqish imkoniyatidir.
Alfraganus University — ta’lim, ilm-fan va sport uyg‘unlashgan maskan!



