Alfraganus universitetida stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan olimlar, tadqiqotchilar, shifokorlar hamda talabalar uchun “Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligida kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi.
Konferensiya onlayn hamda oflayn formatda bo'lib, maqolalaringizni o'zbek, rus va ingliz tillarida topshirishingiz mumkin.
Xalqaro konferensiya 2026-yilning 26-27-noyabr kunlari Alfraganus universitetida bo'lib o'tadi.
Maqolalaringizni 1-noyabr kuniga qadar quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilib topshirishingiz mumkin:
+998 93 975 40 39
+998 99 857 33 56
Quyidagi havola orqali xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:
— BATAFSIL MA'LUMOT

