Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani Jasurbek Qurbonov boshchiligida fakultet professor-o'qituvchilari uchun kengaytirilgan kengash yig'ilishi o'tkazildi.
Kengash davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash, fakultetda ijro intizomiga rioya etish, 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, 2025/2026 hamda 2026/2027-o‘quv yillari uchun shartnoma shartlarining to‘liq bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, fakultet kengashi tarkibini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mazkur masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
![]() |
![]() |
![]() |




